Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentlik bemor koronavirus bilan vafot etdi
3.06.2020 21:53,  
395

Poytaxtlik bemor o‘pka-yurak yetishmovchiligi va bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishidan vafot etdi.

Toshkentlik M.da 2 - iyun kuni “Covid-19” aniqlanib, Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan edi. 72 yoshli (erkak) bemor uzoq yillardan buyon  yurak ishemik kasalligi, zo‘riqish stenokardiyasi, gipertoniya kasalligi, qandli diabetning ikkinchi turi tashxisi bilan davolanib kelgan. 2000 va 2019 yillarda u ikki marta  miokard infarktini o‘tkazgan.

Bemorning  davolanishi davomidagi kunlik ahvoli mamlakatimizdagi  shu sohaga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarining nufuzli mutaxassislari  nazoratida bo‘lgan. Bundan tashqari, Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi shifokorlari tomonidan konsiliumlar o‘tkazib turilgan.

Biroq mutaxassislarning belgilangan standartlar asosida o‘tkazgan reanimatsion muolajalariga qaramasdan jonlantirish bo‘limida sun’iy nafas olish apparatida bo‘lgan bemor o‘pka-yurak yetishmovchiligi, bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishidan vafot etdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан