Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentlik instabloger qiz narkotik reklamasiga qanday aralashib qolganini gapirib berdi
21.11.2019 17:57,  
5621

Toshkentlik taniqli instabloger Shahzoda Salimjonova inAlmaty.kz nashriga Olmaotadagi giyohvand moddalar reklamasi haqidagi bannerlar voqeasi haqida gapirib berdi.

Instagramda leo_17s nomi bilan mashkur qizning kuzatuvchilari soni 783 mingni tashkil etadi. Bir oy oldin, noma’lum shaxslar unga bitta loyihada ishtirok etish uchun reklama taklifini berishdi.

“Loyiha piari ham onlayn, ham oflayn reklama ko‘rinishida bo‘ladi. Oflayn reklamalar katta masshtabda – bannerlar, bilbordlar, reklama varaqalari hamda transportlardagi reklama ko‘rinishida bo‘ladi. Sizning taxallusingiz (nik neym) hamda suratingiz 4 mamlakatdagi 10 ta shaharda yuqoridagi ko‘rinishlarda reklamada joylashtiriladi”, - deb yozadi reklama menejeri blogerga.

Shartnomaga binoan, Shahzoda yangi “chellenj” haqidagi postni Instagram sahifasiga qo‘yishi kerak bo‘ladi. Chellenj shartlari jida oddiy: qatnashmoqchi bo‘lgan odam bilbord bilan rasmga tushishi va buni o‘z Instagram'ida ulashishi kerak. Bu ishni qilgan odam avtomatik tarzda iPhone va boshqa qimmatbaho sovrinlar qo‘yilgan tanlov ishtirokchisiga aylanadi.

“Bannerlarda haqiqatdan ham giyohvand moddalar reklama qilinayotganini bilganimda men u postni o‘chirib tashladim. Reklama to‘g‘risida men bilan bog‘langan qizning o‘zi nima bo‘layotganidan bexabarligini aytdi”, - dedi blogger.

Uning qo‘shimcha qilishicha, bu voqea to‘g‘risida unga obunachilari xabardor qilishgan.

Giyohvand moddalar reklamasi to‘g‘risidagi xabar 20 oktyabrda tarqalgan. Hozirda reklamani qo‘ygan sayt yopilgan hamda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан