Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentlik tadbirkor TATU hududida namoyish o‘tkazdi
7.09.2019 00:03,  
50

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) rahbariyati to‘rtinchi sentyabr kuni o‘z hududida kanselyariya mollarini sotuvchi xususiy tadbirkor A.T.Abduvaxidov va uning 5 nafar oila a’zolari tomonidan qonunga zid ravishda o‘tkazilgan miting to‘g‘risida tushuntirish berdi, deb xabar bermoqda Sputnik nashri.

Ma’lum bo‘lishicha, tadbirkorga 2018 yilda TATU yo‘laklari va o‘tish joylarida qog‘oz va turli kanselyariya tovarlari bilan savdo qilish, kserokopiya va shu kabi ishlar bilan shug‘ullanishga ruxsat berilgan. 2019 yilning iyunida tadbirkorga universitet hududidan joy taklif qilingan, ammo ammo tadbirkor bu taklifni qabul qilmaganligi aytilmoqda.

2018-2019 o‘quv yilida universitet rahbariyati berilgan taklifni rad etgani uchun tadbirkor bilan ijara shartnomasini imzolamagan.

Shundan so‘ng Abduvaxidov o‘z oila a’zolari bilan universitet rektori qabulxonasiga ruxsat etilmagan holda kirib, u yerda to‘polon ko‘targan. Uning farzandlari mazkur jarayonni o‘zlarining qo‘l telefonlariga video tarzida tasvirga tushirdi va ijtimoiy tarmoqlarga, kerak bo‘lsa Ozodlik, Amerika ovozi, Bi-Bi-Si kanallariga berishlarini ta’kidlaganlar.

So‘ngra ular universitet binosi oldiga chiqib, plakatlar ko‘tarib namoyish uyushtirishgan hamda universitet faoliyatiga oid, ya’ni "o‘qish sifati past" kabi gaplarni oliygoh hovlisida talabalar e’tiborini tortadigan darajada baland ovozda baqirib aytgan va jamoat tartibini buzganligi aytilmoqda.

Universitet tadbirkor A.T.Abduvaxidovning ushbu hatti-harakati O‘zbekiston Respublikasining amaldagi soliq qonunchiligi va tadbirkorlik faoliyatini tartibga solish to‘g‘risidagi tegishli qonunchilik normalariga zid keladi, deb hisoblamoqda.

Shu bilan birga tadbirkor A.T.Abduvaxidov va uning oila a’zolari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning rahbariyati sha’niga, putur yetkazgan, deb biladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан