Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentliklar nafas olishda yuzaga kelgan muammolar tufayli shifoxonalarga murojaat qilmoqda
5.11.2021 08:54,  
122

Toshkent shahridagi chang–qum aralash tuman tufayli nafas olishda muammolar yuzaga kelgan poytaxt aholisi tibbiyot muassasalariga murojaat qilmoqda, deb xabar berdi Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-allergiya markazi va 1-shahar klinik shifoxonasiga tayanib, «Gazeta.uz».

Nashrga 1-shahar kasalxonasining xabar berishicha, soat 22:45 da shifoxonaga Yunusobod va Shayxontohur tumanlaridan ikki nafar erkak nafas olishdagi muammo tufayli murojaat qilgan. Hamshiraning so‘zlariga ko‘ra, bemorlardan birida shamollashdan keyin quruq yo‘tal bo‘lgan, yo‘tal havodagi chang miqdorining ortishi bilan kuchaygan.

«Ma’lum bo‘lishicha, erkakning xonadonidagi deraza va eshiklar ochiq qolgan, buning natijasida karavot va boshqa mebellar ustida chang to‘planib qolgan. Bemor karavotga yosa bo‘g‘ila boshlagan», — deyiladi shifoxona xabarida.

Allergiya markazining ma’lum qilishicha, soat 22:30 atrofida Olmazor tumanidan astma bilan og‘rigan keksa ayol ulardan tez yordam so‘rab murojaat qilgan. Allergolog Mirabbos Normurodovning so‘zlariga ko‘ra, ayol uyda bo‘lgan, derazalar yopiq bo‘lishiga qaramay, xonaga chang kirib, nafas olishi qiyinlashgan.

Shifokor allergiya va nafas olishda muammolar kuzatilganda uydan chiqmaslikni, derazalarni yopishni va bino ichidagi yashash xonalarida namlikni oshirishni maslahat berdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан