Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentni bosib olishda halok bo‘lgan rus askarlari dafn etilgan yodgorlik obod qilinmoqda
30.09.2019 10:32,  
1292

Toshkent shahar Shayxontohur tumani “Kamolon” mahallasida joylashgan tarixiy yodgorlik (“Chasovnya”) joylashgan hududga 1886 yilda 24 nafar rus askarlari dafn etilgan. Bir qavatdan iborat bino shu kunga qadar o‘zining haqiqiy poydevori va devor qismini saqlab qolgan.

Madaniyat vazirining 2019 yil 28 iyundagi 411-sonli buyrug‘iga asosan tarixiy ob’yekt madaniy meros yodgorligi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi hamda uni qayta tiklash loyihasi boshlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.

24 nafar askarning ismi familiyasi familiyasi yozilgan bo‘lak ham misdan bo‘ladi, hozir arxiv hujjatlari orqali marhumlarning nomlarini tiklash ishlari olib borilyapti. Tashqi ko‘rinishi mis tunika bilan qoplanadi, eng yuqori qismida joylashgan xoch esa latundan yasaladi.

Rekonstruksiya 2 oyga mo‘ljallangan. Uni “Meros chashmasi” loyihalash tashkiloti loyihalashtirdi. “Ijod-ijod” xususiy korxonasi mutaxassislari esa ayni vaqtdagi jarayonlarni bevosita olib borishmoqda.

Rus provoslav cherkovi Toshkent va O‘zbekiston yeparxiya mitropoliti Vladika Vikentiy bu yerga tashrif buyurgan va olib borilayotgan ishlardan mamnunligini ta’kidlagan. Qolaversa ular binoning ichki qismidagi suratlar va ranglar borasida o‘zining maslahatlarini berdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан