5 oktyabr soat 09.00 dan soat 23.00 gacha Toshkent shahar Olmazor tumanidagi ayrim iste’molchilarga ichimlik suvi ta’minoti to‘xtatiladi.
Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, poytaxtda 2020-2021 yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan «Toshkent shahar suv ta’minoti» MChJ tomonidan suv o‘tkazgich tarmoqlarida rejali profilaktika va ta’mirlash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.
5 oktyabr kuni Olmazor tumanining quyidagi mahallalarida ichimlik suvi o‘chiriladi:
- «Ahil» mahallasida;
- «Beshqo‘rg‘on» mahallasida;
- «Obi hayot» mahallasida;
- «Moyariq» mahallasida;
- «Yangi Toshkent» maxallasida;
- Beshqo‘rg‘on 1, 2, 3, 4- mavzelarida.
Suv bo‘lmagan mahallalarga suv tashuvchi maxsus avtomashinalar yuboriladi.