Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentning eski shahar qismi savdo zonasiga aylantiriladi
11.03.2020 18:23,  
390

Toshkentda eski shahar tarixiy obidalardagi turizm va savdo zonasiga aylanadi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi qator sohalarda amalga oshiriladigan loyihalar taqdimotida aytilgan. Shuningdek, prezident loyihalarni yanada takomillashtirish, aholiga yanada ko‘proq qulayliklar yaratish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Foto: president.uz

Bundan tashqari, Milliy arxivning yangi binosi qurilishi loyihasi muhokama qilindi.

"Milliy arxiv fondi mintaqadagi eng katta va noyob fondlardan biridir. Ayni paytda bu yerda tarixning turli davrlariga oid 1 million 800 ming hujjatlar saqlanmoqda", — deyiladi xabarda.

Arxivning yangi binosi zamonaviy me’moriy yechimlar va ilg‘or talablarni o‘zida mujassam etadi. Qurilish birinchi toifali o‘ta muhim binolar uchun mezon va talablarga muvofiq quriladi. Birinchidan, arxivlarning hajmini 3 million donaga yetkazish, omborxonani tashkil etish, o‘quv zalini kengaytirish, tadqiqotchilarga yuqori darajadagi xizmatni taqdim etish uchun zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanish rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан