Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bugun Toshkentning Yangihayot tumanida 33 yoshli fuqaroning o‘limi bilan yakunlangan yo‘l-transport hodisasi yuz berdi
10.05.2021 22:48,  
343

Bugun, 10 may kuni Toshkentning Yangihayot tumanida 33 yoshli fuqaroning o‘limi bilan yakunlangan yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati xabar berdi.

YTH soat 11:30 da Yangihayot tumanidagi Mehrigiyo ko‘chasida sodir bo‘lgan. Joriy yilning 3 fevral kuni Uchtepa tumani sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 131-moddasi 1-qismiga muvofiq transport vositasini boshqarish huquqidan 18 oyga mahrum qilingan 1995 yilda tug‘ilgan Ahmadjon A. Spark avtomobilini boshqarib yo‘l tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan kesib o‘tmoqchi bo‘lgan piyoda – 1988 yilda tug‘ilgan Bekzod R.ni bosib ketgan.

YTH oqibatida piyoda olgan jarohatlari sababli voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi.

Mazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан