Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Toshshahartransxizmat» haydovchi va chiptachilarga qo‘yilgan «plan»ni bekor qildi
6.06.2020 09:45,  
303

8 iyundan boshlab «qizil» hududlardan tashqari hududlarda jamoat transporti, xususan avtobuslar harakatiga ruxsat berilmoqda. Eng ko‘p jamoat transportini jamlagan «Toshshahartransxizmat» tarqatayotgan ishga taklif qiluvchi e’lonlarda bundan buyon haydovchilar va chipta tarqatuvchilar uchun kunlik reja tushumi bekor qilingani bildirildi.

Shuningdek, jamiyat xodimlar nafaqat «plan» tashvishidan qutulishlari, balki 15 kunlik ish uchun haydovchilarga 3 mln so‘m, chiptachilarga esa 1 mln 800 ming so‘m va undan yuqori maosh berilishini va’da qilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 22 martdan buyon to‘xtab qolgan jamoat transporti endi qat’iy jadval asosida harakatlanishi, haydovchilarning ishga vaqtida kelishlari jiddiy nazorat qilinadi. Shuningdek, avtobuslar birinchi va oxirgi bekatlarda to‘liq dezinfeksiya qilinadi, ularda ishlovchi xodimlar ham ish jarayonida faqat niqob va qo‘lqoplarda bo‘lishadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан