Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






To‘ydan avval kelin va kuyov koronavirusga test topshiradimi?
26.08.2020 21:18,  
197

Kelin va kuyovlarga to‘ydan avval koronavirusga test topshirishi qo‘shimcha himoya bo‘lishi mumkin, lekin bu ham 100 foizlik aniqlikni bermaydi. Bu haqda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova “Shifobaxshuz” telegram kanaliga ma’lum qildi.

Barno Abdusamatovaning aytishicha, hozirda to‘ydan avval kelin va kuyovlarni koronavirusga test topshirish tartibi yo‘q.

«Balki, bu narsani joriy etish kerakdir? Lekin test ham hamma narsani aniqlab beradi degani emas», — dedi mutaxassis.

Uning ta’kidlashicha, bugun test topshirgan odamga ertaga virus yuqib qolish ehtimoli bor.

«To‘yda ishtirok etadiganlarni baravariga test topshirish kerak degan talabni qo‘yish ham noto‘g‘ri. Sababi test topshiradigan joyga kasal odamlar boradi, u yerda yuqtirib olish xavfi bor. Odam test topshirgan vaqtda virusga chalinmagan bo‘lishi mumkin, lekin topshirgani borishda yoki boshqa sabablar bilan yuqtirib olish ehtimoli bor», — dedi Barno Abdusamatova.

Uning qo‘shimcha qilishicha, to‘ydan avval test topshirishi qo‘shimcha himoya bo‘lishi mumkin, lekin bu ham to‘la himoyalanganlik darajasini bermaydi.

Avvalroq, iyul oyi boshida sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov aholi orasida to‘y, turli marosim va oilaviy tadbirlar virusning tarqalishiga xizmat qilayotganini ma’lum qilgan edi.

Vazir bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent shahrida oxirgi bir oy ichida (iyun oyining oxiri va iyul oyining boshi nazarda tutilmoqda — tahririyat) 4 ta to‘yda 110 ta kasallanish holati aniqlangan. Jumladan, Yunusobod tumanida o‘tkazilgan to‘yda 79 kishi virus yuqtirib olgan. To‘yni 30 kishi bilan o‘tkazish uchun bir kunda uch marta to‘y qilingan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан