Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"To‘yimizni buzmanglar, iltimos" – Ortiqxo‘jayev OAV vakillari va blogerlarga iltimos qildi
21.05.2021 15:36,  
573

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ishtirokida "Toshkent 5 tashabbus harakati» yoshlar festivaliga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi. Ushbu tadbirda ishtirok etgan "Xalq so‘zi" saytining muxbirini ta’kidlashicha, hokim anjumanda tadbirni o‘tkazish, tashkiliy masalalar yuzasidan fikr bildirib, OAV vakillariga hazilomuz murojaat qilgan.

«Bu bayramga juda katta tayyorgarlik ko‘rdik, ayrim xodimlarimiz 24 soatlab mehnat qilishdi. Uni yoshlarimiz uchun katta bayram, to‘ydek qilib o‘tkazishimiz kerak. OAV vakillari va blogerlarga iltimosim shuki, agar qayerdadir kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, saytlarda aylantirmay o‘zimizga aytishsa, zudlik bilan muammoni bartaraf qilamiz. 

Shuncha mehnatdan keyin ham faqat tanqidlar bo‘laversa, mana shunaqa tadbirlarni o‘tkazishga ishtiyoqimiz yo‘qolib qoladi. Sizlar ham yoshlarimizni bizdek sevsangiz xatolarimizni avvalo o‘zimizga ayting, biz to‘g‘rilashga tayyormiz. To‘y to‘ydek bo‘lsin! To‘yimizni buzmanglar, iltimos», dedi Ortiqxo‘jayev.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан