Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toyota kompaniyasi avtomobillarni bo‘yashda benuqson usulini ixtiro qildi
16.03.2020 16:18,  
593

Avtomobil ishlab chiqarishda avtomatlashtirilgan bo‘yash konveyrlarining kamchiliklaridan biri bu bo‘yoq materialining 30-40% yo‘qotilishidir. Bu yo‘qotish kompaniyalarga sezilarli darajada ta’sir qiladi. Buning sababi yuqori bosim ostida havo bilan bo‘yoqni sepish usuli bilan bog‘liq.

Bo‘yoq zarrachalariga beriladigan inersiya ularning yopishqoqlik qobiliyatidan kattaroq bo‘lib, ularning bir qismi ishlov berilayotgan yuzadan qaytib aks etadi, aynan o‘sha holat moddiy yo‘qotishlarni keltirib chiqaradi.

Toyota muhandislari ushbu muammoning yechimini topdilar. Bo‘yoq ishlarining innovatsion usuli havodan emas, balki elektrostatik changlatgich prinsipidan foydalanadi. Bo‘yoq sepuvchi forsunkalar o‘rniga maxsus aylanadigan changlatgichlar bo‘yoq moslamalarining uchlarida qo‘llaniladi.

Ular bo‘yoqni bosim bilan emas, balki markazdan qochma kuch (sentrafugali inersiya) bilan ta’minlaydi. Natijada, bo‘yoq zarralari teng ravishda taqsimlanadi. Moslama bo‘yash uchun 10 sm masofada sirt bo‘ylab harakatlanadi va zaryadlangan bo‘yoq zarralari elektr maydonining ta’siri ostida ishlovlanayotgan yuza o‘ziga tortadi va sirt bo‘ylab teng ravishda taqsimlanadi.

Havo bosimi ostida bo‘yash tizimi

 

Natijada, mahsulotni bo‘yashning sifati yuqori darajaga erishiladi va bo‘yoqning yo‘qolishi ham 5% dan oshmaydi. Ushbu texnologiyadan foydalangan bo‘yoq tizimlari kamroq massaga ega bo‘lib, energiya tejamkorligi ham yuqori bo‘ladi.

Elektrostatik changlatgich prinsipi orqali bo‘yash

Hozirda yangi bo‘yoq liniyalari Yaponiyaning Takaoke va Sutsumi Toyota zavodlarida ishlamoqda. Kompaniyaning boshqa korxonalarida ham ushbu liniyalar joriy etilmoqda. Bundan tashqari, kompaniya texnologiya litsenziyalarini sotish masalasini ham muhokama qilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан