Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“Toyota Trade Company” O‘zbekistonda internet tezligini oshirishga qaratilgan loyihada qatnashmoqda
13.02.2020 16:14,  
173

Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Sharof Rahmonov Yaponiyaning “Toyota Trade Company” va “Toyota Tsusho Asia Pacific” kompaniyalari mutasaddilari bilan uchrashdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘zaro muloqot davomida “Toyota Trade Company” kompaniyasining Toshkentdagi ofisi rahbari Takaki Manabu O‘zbekistonda 20 yildan beri samarali faoliyat yuritayotgani, uzoq yillar davomida tekstil korxonalari uchun uskunalar yetkazib berganini ma’lum qildi.

Foto: tashkent.uz

Shuningdek, kompaniya vakillari O‘zbekistonda so‘nggi 2 yilda esa aloqa va axborotlashtirish sohasida qo‘shma loyihani amalga oshirayotgani, bu loyiha internet tezligini oshirishga qaratilganligini aytib o‘tdi.

Sharof Rahmonov ayni paytda shahrimizda elektrotexnikalarni ishlab chiqarishni kengaytirish rejasi borligi va shu yo‘nalishda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish mumkinligini aytib o‘tdi. Shuningdek, mehmonlarga hozirda poytaxtimizda mavjud quvvatlar bilan tanishishni taklif etdi va bu yo‘nalishdagi ob’yektlar bo‘yicha ma’lumot berib o‘tdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан