Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tozalash ishlari ketayotgani uchun Ka’ba tavof etiladigan asosiy maydon vaqtincha yopildi (foto, video)
6.03.2020 09:35,  
837

Saudiya Arabistonining eng katta masjidi, dunyo musulmonalari eng ko‘p ziyorat qiladigan Makkai mukarramadagi Masjidul haromning asosiy maydoni 5 mart kuni tozalash ishlari olib borilayotgani sababli ziyoratchilar uchun vaqtinchalik yopildi.

Har kuni 10000 lab ziyoratchilar tavof qiladigan Ka’ba atrofi bo‘shab qoldi. Saudiya Arabistoni hukumati bu hududni koronavirusga qarshi sterilizatsiya qilmoqda.

Ka’ba tavof etiladigan asosiy maydonga (oq marmar) ziyoratchilarning kirishi cheklangan. Cheklov Umraga ruxsat berilguniga qadar amalda bo‘lishi aytilmoqda. Olingan videolarda Ka’ba atrofidagi binolarda ibodatlar davom etayotganini ko‘rish mumkin.

Masjid yopib qo‘yilgani yoki bo‘shab qolgani haqida asossiz xabarlar ham tarqalmoqda. Ammo ehtiyot chorasi sifatida baytullohning faqatgina Ka’ba atrofidagi ochiq maydonida ziyoratchilarning to‘planishi cheklangan bo‘lib, ziyoratchilar masjidga kirib ibodat qilishlari uchun to‘siq yo‘q.

Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti tavsiyalaridan kelib chiqib hamda COVID-19 koronavirusi tarqalishining oldini olish maqsadida Saudiya Arabistoni hukumati avval xorijliklarga, keyin mamlakat fuqarolari va doimiy istiqomat qiluvchi xorijliklarga (rezidentlarga) ham umra amalini taqiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilgan edi. 

2 mart kuni Saudiya Arabistonida koronavirusning dastlabki holati qayd etilgan edi. 5 martga kelib, mamlakatda koronavirus yuqtirib olgani aniqlanganlar soni 5 kishiga yetdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан