Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tramp AQSh davlat idoralariga xorijliklarni ishga olmaslik haqida farmon chiqardi
5.08.2020 16:03,  
349

AQSh Prezidenti Donald Tramp davlat idoralariga chet elliklarni ishga olmaslik haqida farmon chiqardi. Agentliklar xorijlik xodim amerikaliklarning o‘rnini egallamayotganini, ya’ni bu ishga amerikalik mutaxassis topilmaganini isbotlagan taqdirdagina chet ellikning ishga olinishiga ruxsat beriladi. Bu haqda «Amerika Ovozi» xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, AQShning Global Media agentligi tarkibiga kiradigan «Amerika Ovozi» nashrining o‘zida ham 100 ga yaqin xorijlik xodim «J-1» vizasi asosida ishlaydi. Yaqinda agentlikka Tramp tayinlagan nomzod rahbar bo‘lib kelishi bilan bu xodimlarning kelajagi mavhum bo‘lib qoldi. Ularning vizasi yangilanmasligi va ishdan bo‘shatilishi mumkinligi haqida xavotirlar bor.

Trampning yangi farmoni «grin karta»si bor yoki AQSh fuqaroligini qo‘lga kiritgan chet elliklarga aloqador emas.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан