Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tramp bilan mojarolar tufayli TikTok rahbari iste’foga chiqdi
27.08.2020 16:39,  
118

Xitoyning TikTok ijtimoiy tarmog‘ining bosh ijrochi direktori Kevin Mayer ushbu lavozimga tayinlanganidan uch oy o‘tgach iste’foga chiqdi, deb xabar bermoqda Financial Times manbalariga tayanib. Reuters agentligi ushbu ma’lumot to‘g‘riligini kompaniyadan tasdiqladi. Top-menejer xodimlarga yozgan xatida ketishni Donald Trampning tarmoqqa qarshi ayblovlaridan so‘ng "keskin o‘zgargan" siyosiy muhit bilan izohladi.

Payshanba kuni Mayer o‘z qarori haqida ijtimoiy tarmoq egasi bo‘lgan ByteDance Ltd. va TikTok xodimlariga ma’lum qildi, deb yozadi FT. Hozircha uning vazifalarini kompaniyaning AQShdagi biznes rahbari Vanessa Pappas bajaradi.

Mayer AQSh prezidenti Donald Tramp, agar ByteDance AQSh aktivlarini mahalliy kompaniyaga 90 kun ichida sotmasa, mamlakatda TikTok'ni taqiqlash to‘g‘risidagi farmonni imzolagandan so‘ng, lavozimidan ketishga qaror qildi. "Men o‘zim zimmamga olgan rolim, shu jumladan TikTok global operatsiyalarini boshqarish, AQSh ma’muriyatining xatti-harakatlari tufayli butunlay boshqacha ko‘rinishga ega bo‘lishini tushunaman", - deb yozgan Mayer xodimlarga yo‘llagan maktubida.

Top-menejer may oyida TikTok rahbarligiga tayinlangan edi. Bungacha u Walt Disney'da Disney+ striming xizmatini muvaffaqiyatli boshqargan. Unga ko‘ra, Amerika kompaniyasining TikTok bilan tuzgan bitimining konfiguratsiyasi "juda tez orada" aniqlanadi.

TikTok shu hafta sudda Trampning farmoniga qarshi chiqdi va Amerika ma’muriyatining harakatlari siyosiy asosga ega deb da’vo qildi. AQSh ma’muriyati dasturni Amerika ma’lumotlarini Xitoy rasmiylariga o‘tkazishda qodirlikda ayblamoqda. TikTok egalari buni rad etishmoqda.

Avgust oyida Microsoft kompaniyasi ByteDance bilan AQSh, Kanada, Avstraliya va Yangi Zelandiyadagi bizneslarini sotib olish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirayotganini e’lon qildi. OAV shuningdek, Twitter va Oracle TikTok xizmati bilan o‘zining Amerikadagi biznesining birlashishi mumkinligi to‘g‘risida dastlabki muzokaralarni olib borishgani haqida xabar berishdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан