Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tramp bilan tortishuv tufayli Tvitterga Germaniyaga ko‘chish taklif etildi
29.05.2020 23:28,  
175

Germaniya Federal iqtisodiyot vazirligining raqamli iqtisodiyot va startaplar bo‘yicha vakili Tomas Yarzombek AQSh prezidenti Donald Tramp ijtimoiy tarmoq rahbariyatini tanqid qilishi fonida Amerikaning Tvitter kompaniyasini Germaniyaga ko‘chib o‘tishga taklif qildi, deya xabar beradi RIA Novosti.

"Xey, Tvitter va Jek (Dorsi) (Tvitter asoschisi) - bu Germaniyaga ko‘chish uchun taklif. Bu yerda siz hukumatni erkin tanqid qila olasiz, shu bilan birga, soxta xabarlar bilan ham kurasha olasiz. Bizda strataplar va texnologik kompaniyalar uchun ajoyib ekotizim mavjud, sizning kompaniyangiz juda mos keladi va men sizlarga har qanday eshiklarni ochaman", - dedi Yarzonbek Tvitterda.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp agar ijtimoiy tarmoq konservatorlarning ovozlarini o‘chirishda davom etsa, uni qat’iy ravishda tartibga solish yoki butunlay o‘chirib qo‘yish bilan tahdid qildi.

Mavzuga doir: Tramp Tvitterni "so‘z erkinligini buzish"da aybladi

 

 

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан