Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tramp Hongkongda inson huquqlarini himoya qilmoqchi, Pekin esa bundan norozi
28.11.2019 11:05,  
186

AQSh prezidenti Donald Tramp Hongkongda inson huquqlari buzilganda sansiya qo‘llashga imkon beruvchi qonunlarni imzoladi. Pekin o‘z navbatida buni “AQShning dunyoda hukmronlikka intilishi” deb baholadi.

Aksariyat sharhlovchilarga ko‘ra bu qonunlar Hongkongdagi demokratik harakatlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Bu shaharda demokratiya tarafdorlari va politsiya o‘rtasidagi to‘qnashuvlar besh oydan beri davom etmoqda.

Bu qonun loyihalari Kongressning har ikkala platasida katta ustunlik bilan ma’qullandi, shuning uchun Trampda veto qo‘yish huquqi yo‘q edi. Shunga qaramay prezident biroz oldinroq bergan bayonotida bu qonunlarni imzolamasligi mumkinligini bildirgandi.

U namoyishchilarni qo‘llab-quvvatlashini, ammo Xitoy rahbari Si Jinping “do‘sti” ekanligini aytgan.

New York Times nashrining izohlashicha, Tramp imzolagan qonunlardan biri inson huquqlari buzilishiga sababchi bo‘lgan xitoylik va hongkonglik amaldorlarga nisbatan sanksiya qo‘llashni nazarda tutadi.

Bundan tashqari, AQSh Davlat Departamenti Hongkongning “alohida savdo hamkori” maqomini har yili tasdiqlab bormoqchi. Hozirda bu muxtor hudud AQSh bilan savdoda imtiyozlardan foydalanadi.

Pekin va Hongkong hukumatlari Tramp imzolagan qonunlarni hali ular ko‘rib chiqilayotganidayoq tanqid qilib chiqqandi. Payshanbaga o‘tar kechasi Xitoy TIV bayonot berib, AQShning harakatlarini “dunyoga hukmronlik qilish istagi” deb baholadi va bunga qarshi “jiddiy javob berish” bilan ogohlantirdi.

Hongkong ma’muriyati esa AQShning bu amali “ichki ishlarga aralashish” bo‘lganini, bu qonunlarning qabul qilinishi ikki tomonlama munosabatlarga zarar berishi mumkinligini aytdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан