Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tramp koronavirus vaksinasini boshqa davlatlar bilan baham ko‘rishga va’da berdi
28.07.2020 06:30,  
756

AQSh koronavirus vaksinasini boshqa davlatlar bilan baham ko‘rishga tayyor bo‘ladi. Bu haqda mamlakat prezidenti Donald Tramp ma’lum qildi.

"Bu ilgari hech qachon qilinmagan. Biz nomzodlarning vaksinalarini ommaviy ravishda ishlab chiqarayapmiz, uni tasdiqlashning birinchi kuni darhol amerikaliklarga taqdim etiladi. Dunyo bo‘ylab odamlar uchun bizda juda ko‘p (vaksinalar) bo‘lishi mumkin", dedi janob Tramp.

U AQSh yuzlab million tonna vaksinani yetkazib berish bo‘yicha eng istiqbolli ishlab chiqaruvchilar bilan kelishib olganini esladi.

"Biz (vaksinalar) tezkor yetkazib berilishini ta’minlash uchun katta ishlab chiqarishni safarbar qilmoqdamiz, Ikkinchi Jahon urushidan beri bu kabi narsa yuz bermadi", dedi Tramp.

AQSh hozirda koronavirusga chalinganlar (4,2 mln. kishi) va undan vafot etganlar (147 ming kishi) soni bo‘yicha birinchi o‘rinda turibdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан