Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tramp koronavirusga qarshi dori ichayotganini ma’lum qildi
19.05.2020 19:23,  
241

Prezident Donald Tramp jurnalistlar bilan muloqotda koronavirusdan saqlanish uchun gidroksixloroxin degan dori ichayotganini aytgan. Amerika ovozining ma’lum qilishicha, AQSh prezidenti dorini aslida anchadan beri targ‘ib qilib keladi.

“Bir yarim haftadan beri shu doridaman va mana oldingizda soppa-sog‘ turibman”, — deydi Tramp. “Hech narsa yo‘qotmaysiz”.

Prezident bu dorini vitaminlar qatorida ko‘rishini aytib, bir necha bor test topshirganini va virusdan o‘zini “muvaffaqiyatli” asrab kelayotganini eslatdi.

Tibbiy mutaxassislarga ko‘ra, gidroksixloroxin ayrim hollarda bemorlarning hayotini saqlab qolgan bo‘lsa-da, koronavirusga davo sifatida qabul qilinmagan, chunki shifo ekani biror amaliyotda isbotlanmagan.

AQSh Oziq-ovqat va dori-darmon boshqarmasi gidroksixloroxin haqida o‘tgan hafta bayonot berib, uni faqat kasalxonalarda shifokor nazoratida ichish zarurligini qayd etgan, shuningdek, dori yurakka qattiq ta’sir qilishi haqida ogohlantirgan.

Gidroksixloroxin koronavirusdan saqlanish uchun tavsiya qilinmaydi, biroq yillar davomida bezgakka qarshi samarali qo‘llangan.

“Bu dori menga salbiy ta’sir qilmaydi“, — deydi Tramp. ”40 yillik dori — bezgak va boshqa kasalliklarga qarshi natija bergan. Men ishonaman. Bilamanki, tibbiy xodimlar va doktorlar ham uni ichadi“. Prezident bu dorini shifokori orqali olganini aytadi.

Trampga yon bosib keladigan “Fox” telekanalida ayrim boshlovchilar ham gidroksixloroxinni targ‘ib qilgan. Lekin shifokorlar ogohlantirgach, ular bu odamlarni ehtiyot bo‘lishga undab, gaplarini qaytib olgan.

“CNN” telekanalida bosh tibbiy muxbir Sanjay Gupta Prezident Trampni gidroksixloroxinni ichmaslikka undab, salbiy ta’sirlarini eslatgan.

Koronavirus avj olar ekan, unga qarshi vositalar ustida izlanishlar va amaliyotlar ham tezlashdi. Biroq bugungacha birortasi dori sifatida qabul qilinmagan.

Vaksina tasdiqlanishi uchun kamida bir yil kerak, deydi olimlar. Lekin prezident fikricha dori ham, vaksina ham yaqin kelajakda chiqadi.

Mutaxassislar dori va vaksina haqida iddaolar va shov-shuvlarga ishonmaslikka chaqiradi.

Koronavirusga chalinganlar AQShda hozir 1,5 milliondan oshgan. Undan vafot etganlar 91 mingdan ziyod. Tuzalganlar esa qariyb 360 ming.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан