Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tramp nomzodi Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga loyiq ko‘rilmoqda
2.02.2021 09:30,  
153

Estoniyaning Yevroparlamentdagi deputati Yaak Madison AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp nomzodini tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga ko‘rsatmoqchi.

Estoniya Konservativ xalq partiyasi vakili bo‘lgan siyosatchi o‘z taklifiga izoh berar ekan,  Tramp so‘nggi 30 yil davomida davlat rahbari sifatida urush boshlamagan yagona prezident ekanini ta’kidladi.

"Uning rahbarligida Yaqin Sharqda mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga yordam beruvchi bir qator tinchlik bitimlari imzolandi. Ko‘ramiz, tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotini kim oladi", - deb yozdi Madison «facebook»dagi sahifasida.

Uning ta’kidlashicha, Tramp nomzodini ilgari surayotgan yolg‘iz uning o‘zi emas. "Biz bilamizki, ariza beradiganlar qancha ko‘p bo‘lsa, muvaffaqiyat qozonish imkoni ham shuncha ko‘p bo‘ladi", - deydi u.

Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti Oslo shahrida 1901 yildan buyon har yili topshirib kelinadi. Nobel  jamg‘armasi nizomiga ko‘ra, mukofotga turli mamlakatlarning  parlament va hukumatlari vakillari, xalqaro sud a’zolari, universitet rektorlari, Norvegiyaning Nobel qo‘mitasi sobiq va amaldagi maslahatchilari nomzodini ko‘rsatishi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан