Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tramp: “Turkiya IShIDchilarni qabul qilib olishi kerak”
9.10.2019 22:41,  
669

AQSh prezidenti Donald Tramp Tvitterdagi sahifasida Yaqin Sharqqa qo‘shin yuborish mamlakat tarixidagi eng yomon qaror bo‘lganini ta’kidladi. Uning aytishicha, mintaqada turli guruhlar yuz yillardan beri o‘zaro kurashib keladi.

“AQSh Yaqin Sharqda hech qachon bo‘lmasligi kerak edi. 50 askarimiz olib chiqildi. Yevropa qaytishini istamagan IShIDchilarni Turkiya qabul qilib olishga majbur. Biz uchun oxiri yo‘q ahmoqona urushlar tugayapti”, – deya yozdi Tramp.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Yaqin Sharqdagi urushlarda shu paytgacha 8 trillion dollar sarflagan.

“Minglab ajoyib askarlarimiz o‘sha yerlarda halok bo‘ldi yoki og‘ir yaralandi. Narigi tomonda millionlab odam o‘ldi. Yaqin Sharqqa kirish mamlakatimiz tarixidagi eng yomon qaror edi”, – deya ta’kidladi AQSh prezidenti.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya armiyasi bugun, 9 oktyabrda Suriyaning shimolida harbiy operatsiya boshladi. Operatsiyadan oldin AQSh askarlari mintaqadan olib chiqildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан