Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tramp Turkiyaga qarshi harbiy kuch qo‘llashga tayyor
22.10.2019 13:02,  
950

AQSh prezidenti Donald Tramp zarurat tug‘ilsa, Turkiyaga nisbatan uning Suriyadagi harbiy operatsiyasi tufayli harbiy kuch qo‘llashga mutlaqo tayyor. Bu haqda Davlat kotibi Maykl Pompeo CNBC telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Pompeo Anqaraning aynan qanday harakatlari harbiy javobga turtki berishi mumkinligiga aniqlik kiritmadi, biroq Vashington urushni emas, tinchlikni afzal ko‘rishini aytdi. Shuningdek, u AQSh iqtisodiy va diplomatik choralar qo‘llashga ham tayyorligini eslatdi.

Ma’lumki, Turkiya 9 oktyabr kuni Suriyaning shimolida kurdlarning YPG qurolli guruhiga qarshi harbiy operatsiya boshladi. Anqara bu guruhni Kurdiston ishchi partiyasi deb ataluvchi terrorchi tashkilotga aloqador deb hisoblaydi. AQSh esa Suriyada YPG bilan hamkorlik qilib kelgan.

17 oktyabr kuni Vashington va Anqara o‘rtasida erishilgan kelishuvga muvofiq Suriyada harbiy operatsiya besh kunga to‘xtatildi. Turkiya bu vaqt ichida YPG kuchlarining chegaradan uzoqlashishini talab qildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан