Tramp: “Turkiyaning iqtisodini yer bilan bitta qilaman!”

Tramp: “Turkiyaning iqtisodini yer bilan bitta qilaman!”

Turkiya Suriyaning shimoli-g‘arbida harbiy operatsiya o‘tkazishga tayyorlanar ekan, AQSh harbiylari hududni tark eta boshladi. AQSh prezidenti Donald Tramp esa Tvitterdagi sahifasi orqali Anqaraga do‘q urdi: “Agar chegaradan o‘tib ketilgan deb o‘ylasam, Turkiyaning iqtisodini yer bilan bitta qilaman!”

Trampning fikricha, AQSh IShIDga qarshi kurashda odamning tasavvuriga sig‘adiganidan ham ko‘prog‘ini qildi va endi Amerika o‘z hududini himoyalaydigan payt keldi. “AQSh juda buyuk!” – deb qo‘shib qo‘ydi u.

Shuningdek, AQSh prezidenti turklar, yevropaliklar va boshqalar IShID jangarilari va ularning oilalariga ko‘z-quloq bo‘lib turishi kerakligini ta’kidladi.

Turkiya Suriyaning shimoli-g‘arbi kurd jangarilaridan xoli bo‘lishi va bu hududlarga Turkiyadagi suriyalik qochqinlarni joylashtirishni istaydi. AQSh esa Suriyada kurdlar bilan hamkorlik qilib kelgan.

2860