Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tramp vertolyotda kasalxonaga yetkazildi. U COVID-19'ga chalingan
3.10.2020 11:10,  
265

AQSh Prezidenti Donald Tramp koronavirusga topshirgan testi musbat chiqqandan 24 soat o‘tmay turib harbiy kasalxonaga yotqizildi. Shifokorlarning ta’kidlashicha, bu ehtiyot chorasi sifatida qilingan, Oq uy vakili esa Donald Trampda yengil alomatlari borligini aytmoqda.

Bir kun oldin rafiqasi singari koronavirus tashxisi qo‘yilgan Trampni vertolyotda Oq uydan Vashington yaqinidagi Merilend shtatidagi Uolter Rid milliy harbiy tibbiyot markaziga olib ketildi.

Prezident vertolyotga birovning yordamisiz o‘zi chiqqan.

Tramp kasalxonaga qisqa parvoz qilish uchun Oq uyning maysazoridan o‘tib, Marine One vertolyotiga yo‘l oldi. U niqob va ish kostyumida edi, kasallik alomatlari unda ko‘rinmagan, deb izohladi The New York Times.

Tramp yaqinda turgan jurnalistlarga hech narsa demadi, lekin bosh barmog‘ini yuqoriga ko‘tardi.

Oq uy matbuot kotibi Keyli Makenaniga ko‘ra, Tramp bir necha kunni kasalxonada o‘tkazadi.

Keyinchalik Trampning shifokori Shon Konli Trampga "qo‘shimcha kislorod kerak emasligi" haqida xabar berdi, ammo mutaxassislar bilan maslahatlashgandan so‘ng, remdesivir terapiyasi tanlandi.

Konli ilgari prezidentga poliklonal antitana kompleksi, shuningdek rux, D vitamini, famotidin, melatonin va aspirin buyurilganini aytgan edi.

Oq uy juma kuni Tramp o‘zini charchagan, ammo quvnoq holda his qilayotgani haqida xabar berdi. U yerda kasalxonaga yotqizish to‘g‘risidagi qaror ehtiyot chorasi sifatida ko‘rilgan.

"Men o‘zimni yaxshi deb o‘ylayman"

Kasalxonaga ketishdan oldin Tramp Tvitterda qisqa videomurojaatini joylashtirdi, unda unga aytilgan qo‘llab-quvvatlash so‘zlari uchun minnatdorchilik bildirdi.

"Men yaxshi ishlayapman deb o‘ylayman, lekin biz hamma narsa yaxshi ketayotganiga ishonch hosil qilamiz", - dedi u.

 

Oq uy Tramp mamlakat boshqaruvini vitse-prezident Mayk Pensga topshirmaganligini aytdi.

Ayni paytda, prezidentning sobiq maslahatchisi Kellienn Konuey tvitterda uning ham koronavirus testi ijobiy qaytganini aytdi.

O‘tgan shanba kuni u Emi Konni Barretning Oq Uydagi Atirgul bog‘ida AQSh Oliy sudi sudyasiga nomzodlarini ko‘rsatish marosimida ishtirok etganlar orasida edi.

Marosimda qatnashgan respublikachi senatorlar Mayk Li va Tom Tillis ham COVID-19'ga test topshirgan va ularda ham koronavirus aniqlangan.

AQSh prezidentligiga nomzod Bayden Tramp va uning rafiqasiga tezda sog‘ayishini tilab qoldi. Trampning boshqa siyosiy raqibi, sobiq prezident Barak Obama ham janob prezidentga eng yaxshi tilaklarni bildirdi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va KXDR yetakchisi Kim Chen In Trampga tezroq sog‘ayishini tilab telegrammalar yuborishdi.

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev Tramp koronavirusga chalingani ma’lum bo‘lganidan ikki soat o‘tib Twitter orqali unga sog‘liq tiladi.

3 oktyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev matbuot xizmatining Twitter sahifasida amerikalik hamkasbiga sog‘liq tilagani haqida xabar e’lon qilindi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан