Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Trampning eng so‘nggi farmonlaridan biri O‘zbekiston haqida
20.01.2021 19:28,  
24092

AQSh Prezidenti Donald Tramp Oq uyni tark etishidan bir kun oldin O‘zbekistonga aloqador g‘alati bir farmon chiqardi. 

«O‘zbekistonda xizmat qilgan veteranlar g‘amxo‘rligi to‘g‘risida» deb nomlangan bu farmonda Tramp 2001-yil 1-oktyabrdan 2005-yil 31-dekabrgacha O‘zbekistondagi Xonobod harbiy bazasida xizmat qilgan Amerika askarlarini faol urush maydonida xizmat qilgan harbiy veteranlar deb topish masalasini ko‘rib chiqishni buyuradi.

Unga ko‘ra, Qarshidagi havo bazasida xizmat qilgan askarlar inson salomatligi uchun zaharli moddalarga ro‘baro‘ kelgan bo‘lishi mumkin. Farmonda Mudofaa vazirligi 365 kun ichida bu yerda haqiqatdan ham zaharli moddalar bo‘lgan-bo‘lmagani, bu narsa askarlarning sog‘ligiga qanday ta’sir qilgani haqidagi masalani batafsil o‘rganishi va natijasini AQSh prezidentiga taqdim etishi buyurilgan.

AQSh harbiylari O‘zbekistonga borganda, bu bazada sovet davridan qolib ketgan zaharli chiqindilar qarovsiz saqlangani, bu moddalar keyinroq AQSh askarlarida yuzlab rak kasallliklari va o‘nlab o‘lim holatlariga sabab bo‘lgani haqida gaplar yuradi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан