Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Trampning koronavirusga davolanishi qanchaga tushdi
9.10.2020 19:35,  
904

AQSh prezidenti Donald Trampni COVID-19’dan davolash narxi 100 ming dollardan oshgan bo‘lishi mumkin, deb hisoblaydi The New York Times gazetasi.

Bunga Uolter Rid milliy harbiy tibbiyot markazida uch kun qolish, vertolyotning ikkita parvozi, koronavirus, kislorod, steroidlar uchun ko‘plab sinovlar va antitachali kokteyl bilan eksperimental davolash kiradi. NYT yozishicha, xarajatlarning aksariyati kasalxonada qolishga emas, balki vertolyot parvozlari va virusni sinash kabi kasalxonadan tashqarida ko‘rsatiladigan xizmatlarga ketgan.

Nashrning eslatishicha, Tramp tomonidan qabul qilingan "Remdesivir" preparati bilan davolash kursi xususiy sug‘urta kompaniyalari tomonidan to‘langanda 3120 dollar va Medicare va Medicaid kabi davlat dasturlari doirasida to‘langanda 2340 dollar turadi. Shuningdek, FAIR Health hisob-kitoblariga ko‘ra 60 yoshdan oshgan bemor uchun kasalxonada yotish o‘rtacha $61,912 ni tashkil etadi. Vertolyotda kasalxonaga yotqizish taxminan $38,770 ni tashkil qiladi (bu yil Health Affairs nashrida o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra).

Gazetaning aniqlik kiritishicha, prezidentni davolash xarajatlari hukumat tomonidan qoplanadi. Shu bilan birga, gazeta ta’kidlashicha, ko‘pincha tibbiy sug‘urtasi bo‘lgan amerikaliklar ham COVDI-19’ni davolash uchun katta xarajatlarga duch kelishadi.

Tramp va uning rafiqasi Melaniyaning kasalligi 2 oktabrda ma’lum bo‘ldi. Oq uy apparati rahbari Mark Medousning ta’kidlashicha, Trampning isitmasi bor va qonida kislorod miqdori keskin pasaygan.

Prezidentga Regeneron tomonidan ishlab chiqarilgan antitanachali kokteyl bilan ukol qilingan va keyinchalik kasalxonaga yuborilgan. Kasalxonada bo‘lganida, Tramp, el qatori, “Remdesivir” va “Deksametazon” steroid dori-darmonlarini qabul qildi.

Davlat rahbari 5 oktyabr kuni kechqurun kasalxonadan chiqarildi, undan keyin Oq uyga bordi. Uning so‘zlariga ko‘ra, davolanishdan so‘ng u o‘zini 20 yil oldingi holatidan yaxshiroq his qilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан