Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Transfermarkt nashri “Paxtakor” tarkibini 17 million yevroga baholamoqda
11.02.2020 17:15,  
233

"Paxtakor" futbolchilarining narxi qariyb 17 million yevroga baholandi. Ushbu narxni Tranfermarkt.de nashri o‘z saytida e’lon qildi.

Jamoa 2020 yilda Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etadigan 32 jamoa orasida 19-pog‘onani egallab turibdi.

Klubning eng qimmat o‘yinchilari:

- Jaloliddin Masharipov - 1,8 million yevro;
- Igor Sergeyev - 1,6 million yevro;
- Dragan Cheran - 1,2 million yevro.

Klub O‘zbekiston milliy terma jamoasining yana uchta o‘yinchisi:  Namanganning "Navbahor" futbolchisi 24 yoshli Aziz Turg‘unboyev va "Bunyodkor" klubining 22 yoshli Akram Komilov hamda 24 yoshli Sardor Sobirxo‘jayev bilan shartnoma tuzdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda "Paxtakor" O‘zbekiston Superligasida chempionlikni qo‘lga kiritdi. Kuni kecha toshkentliklar Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichining birinchi turida Birlashgan Arab amirligining "Shabab Al Ahli" klubini 2:1 hisobida mag‘lub etishi ortidan hozirda turnir jadvalining ikkinchi pog‘onasini egallab turibdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан