Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Transport vazirining 3 nafar o‘rinbosari va inspeksiya boshliqlari lavozimidan ozod qilindi
31.01.2020 10:01,  
940

“Ayrim rahbarlarning shaxsiy mas’uliyatini ko‘rib chiqish to‘g‘risida” Hukumat qarori (43-son, 29.01.2020 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, transport sohasidagi ishlar yetarli darajada tashkil qilinmaganligi va mutasaddi rahbarlarning shaxsiy mas’uliyatini yanada oshirish maqsadida:

  • Ilxam Rustamovich Maxkamov transport vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilib, vazirning birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib;
  • Davron Tulkunovich Dexkanov transport vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etilib, vazirning o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib;
  • Abduraxman Abdullayevich Abduvaliyev transport vazirining o‘rinbosari – Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi lavozimidan ozod etilib, vazirning o‘rinbosari — Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi etib;
  • Tolib Egamberdiyevich Uljayev Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligining direktori lavozimidan ozod etilib, ushbu agentlik direktori vazifasini bajaruvchi etib;
  • Doniyor Baxtiyorovich Axmedov Transport vazirligi huzuridagi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasining boshlig‘i lavozimidan ozod etilib, mazkur inspeksiya boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib;
  • Faxriddin Muxiddinovich Salixov Transport vazirligi huzuridagi Yo‘l qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasining boshlig‘i lavozimidan ozod etilib, mazkur inspeksiya boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28 yanvar kuni turizmni rivojlantirish, jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Unda samolyot va poyezdlarimizda xizmat ko‘rsatish sifati pastligi, chiptalar narxi esa qimmatligi yo‘lovchilarning asosli e’tirozlariga sabab bo‘layotgani, oqibatda ko‘pchilik xorijiy tashuvchilar xizmatini tanlayotgani aytilgan edi.

Temir yo‘l va avia yo‘nalishlarimiz keng qamrovli va raqobatbardosh emasligi ko‘rsatib o‘tildi.

Transport vazirligi va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga O‘zbekistonning 4 aeroportida joriy etilgan “ochiq osmon” rejimidan to‘liq foydalanish, yangi avia yo‘nalishlar ochish, tezyurar poyezdlar sonini ko‘paytirish, chiptalar narxini arzonlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, bu borada muayyan ishlar qilingan bo‘lsa-da, mamlakatimizning transport-tranzit salohiyatidan to‘liq foydalanilmayapti.

Xalqaro ekspertlarning xulosasiga ko‘ra, O‘zbekiston tranzit salohiyatini hozirgi 7 million tonnadan 16 million tonnaga, 2030 yilda esa mintaqaviy loyihalarni amalga oshirish evaziga 23 million tonnaga yetkazish imkoniyati mavjud.

Optimal tarif siyosati mavjud bo‘lmagani sababli tranzit yuk oqimini jalb etish va mahalliy tovarlarni tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini oshirish imkoniyati cheklanmoqda.

Yig‘ilishda tranzit siyosatini butunlay qayta ko‘rib chiqish Transport vazirligining eng muhim vazifalaridan biri ekani ta’kidlangan. Shuningdek, temir yo‘l tizimini tubdan isloh qilish, sohaga xususiy kapitalni keng jalb etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан