Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Transport vazirligi hozircha chiptalarni sotib olmaslikka chaqirdi - muntazam reyslarga hali ruxsat berilmagan
27.06.2020 19:53,  
501

Transport vazirligi hozircha aviachiptalar sotib olmaslikka chaqirdi. "So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlar va Internet saytlarida ba’zi xorijiy aviakompaniyalar 1 iyuldan boshlab O‘zbekistonga muntazam reyslarni tiklaydilar va shu munosabat bilan aviachiptalar sotila boshlandi degan xabarlar tarqaldi", - deyiladi vazirlik xabarida.

Vazirlik koronavirus infeksiyasining tarqalishining oldini olish bo‘yicha cheklov choralari o‘z kuchida qolganligini va xorijiy aviakompaniyalarning O‘zbekistonga muntazam reyslarini amalga oshirishlariga hali ruxsat berilmaganini eslatdi. Doimiy reyslarni qayta tiklash to‘g‘risida qaror Maxsus Respublika komissiyasi tomonidan qabul qilinadi va shu paytgacha faqat charter reyslari amalga oshiriladi, deya ta’kidladi Transport vazirligi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq respublika maxsus komissiyasi iyul - avgust oylarida Turkiya, Rossiya, BAA, Janubiy Koreya, Xitoy va Qozog‘iston bilan muntazam parvozlarni qayta tiklash bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqayotgani haqida yozgan edik. 15 iyundagi komissiya qarori bilan xalqaro havo qatnovlariga ruxsat berilgan bo‘lsa-da, muntazam reyslar mamlakatlardagi epidemiologik vaziyatga, hukumatlar tomonidan o‘rnatilgan cheklov choralariga qarab qayta tiklanadi.

15 iyun kunidan O‘zbekistonda xalqaro havo qatnovi tiklandi.

Turli xil mamlakatlardan parvozlar uchun turli xil ranglar belgilanadi:

  • Sanitariya-yepidemiologiya holati barqaror bo‘lgan mamlakatlar (yashil reyslar) — Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy va Isroil. Ushbu mamlakatlardan kelgan va kamida 14 kun u yerda bo‘lgan shaxslar karantinga olinmaydi.
  • Koronavirus infeksiyasining tarqalishi kamaygan mamlakatlar (sariq reyslar) — Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Malayziya, Tailand, Singapur. Ushbu mamlakatlardan kelgan va kamida 14 kun u yerda bo‘lgan shaxslar ikki haftalik uy karantinida bo‘lishadi.
  • Koronavirus tarqalish darajasi kamaymagan mamlakatlar, boshqa barcha mamlakatlar, jumladan BAA, Turkiya, Eron, Afg‘oniston, Rossiya va MDHning boshqa davlatlari (qizil reyslar). Ushbu mamlakatlardan uchib ketgan shaxslar 14 kun karantinga joylashtiriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан