Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Transport vazirligi inspektorlari ma’muriy bayonnomalarni endi planshetlar orqali rasmiylashtiradi
22.11.2021 17:13,  
25

Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq, Transport vazirligi xodimlari tomonidan zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalangan holda avtomobil tashuvlari sohasidagi ma’muriy huquqbuzarliklarga oid ishlarni rasmiylashtirish va ko‘rib chiqishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish maqsadida yangi tartibda ishlashga o‘tilmoqda.

Dastlabki bosqichda avtomobil tashuvlari sohasidagi ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va rasmiylashtirish elektron tizim o‘rnatilgan planshetlar orqali Toshkent shahar va Toshkent viloyati transport boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.

Toshkent shahar va Toshkent viloyati transport boshqarmalari inspektorlariga biriktirilgan planshetlar taqdim etildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан