Qonunchilik palatasi deputatlari Fuqarolik protsessual kodeksining 565-moddasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqishmoqda.
Unga ko‘ra, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan avtomototransport vositalari elektron savdo platformasidagi elektron onlayn-auksion yo‘li bilan ijaraga berilganda, ijaraga berish shartnomalarini notarial tartibda tasdiqlash talab etilmaydi. Bunda elektron onlayn-auksion natijasiga ko‘ra rasmiylashtirilgan bayonnoma ijara shartnomasi kuchiga ega bo‘ladi.