Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Trastbank xususiy tarmoqni rivojlantirish uchun 15 million dollarlik Bitim imzoladi
3.09.2021 11:20,  
38

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi bayrami Trastbank uchun qo‘shaloq xushxabarlar olib keldi. “Trastbank” XAB Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi bilan 15 million AQSh dollari miqdorida bitim imzoladi. Qolaversa, “Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasining O‘zbekistondagi eng faol va eng barqaror hamkori” unvoni bilan taqdirlandi.

Xabaringiz bor, Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan(1-4 senyabr) Islom taraqqiyot banki (ITB) Boshqaruvchilar kengashining yillik yig‘ilishiga yetib kelgan ITB guruhi tarkibidagi 57 davlatning vazirlari va rasmiylari, qolaversa, 2 mingdan ortiq biznes vakillari, ekspertlar Toshkentdagi Xalqaro Kongress markazida yig‘ildi.

учрашув

Tadbir doirasida 1 sentyabr kuni “Trastbank” XAB Boshqaruvi Raisi Sardor Rifatovich Normuxamedov Islamic Corporation for the Development – Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bosh direktori janob Ayman Amin Sejini bilan uchrashib, imzolanishi kutilayotgan bitimni muhokama qildi.

награда 1

Faxriy yorliq "Trastbank" XAB Kuzatuv kengashi raisi Sharipov Tohir Miraximovichga Islom taraqqiyoti banki prezidenti Muhammad Sulaymon al-Jassir hamda Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi ijrochi direktori Xani Salem Sonbol tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

подпись

Marosim davomida “Trastbank” XAB Boshqaruvi Raisi S.R.Normuxamedov hamda Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi ijrochi direktori Xani Salem Sonbol o‘rtasida xususiy tarmoqni rivojlantirish uchun 15 million dollar miqdorida mablag‘ ajratish to‘g‘risida bitim imzolandi.

Ajratilgan mablag‘ hozirgi kunda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan oziq-ovqat, farmatsevtika va boshqa sohalarni ravnaqi uchun yo‘naltirishi ko‘zda tutilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан