Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Troll.uz Buxoro hokimi va Mehnat vazirini video orqali so‘roqqa tutdi (video)
2.08.2019 17:32,  
85

Taniqli bloger Umid G‘afurov o‘zining Troll.uz sahofasida 17 daqiqali videomurojaat bilan chiqdi. Unda Buxoroda obodonlashtirish ishlari nomi ostida majburiy mehnatga jalb etilgan byudjet tashkilotlar xodimlari ahvolini yoritdi. Umid G‘afurov videomurojaatda qat’iy ohangda Buxoro hokimi byudjet muasasasi xodimlarini majburiy mehnatga jalb qilganini savol ostiga qo‘ydi. “Hurmatli Barnoyev, Arkning orqasini sindirdingiz, hali hech narsa qurmadingiz. Va’dalarni berdingiz, berdingiz... man video olmadim. Dilkusho bozorini sindirdingiz, o‘rnida hozir sizning ukangiz nimadir quryapti...bu nima mantiq, yoki sizning xabaringiz yo‘qmi? Siz boshqarayotgan viloyatda yuzlab odam har kuni qabristonda ishlasayu xabaringiz bo‘lmaydimi? Hokim shaharda, viloyatda nimalar bo‘lyapti – bilishi kerak. Bilmasa, u hokim emas. Agar siz bilmagan bo‘lsangiz, hokimlikka loyiq odam emassiz”, dedi bloger.

Umid G‘afurovning sabr kosasi to‘lishiga byudjet muassasada ishlaydigan onasining har kuni qabriston tozalashga chiqarilgani sabab bo‘lgan. U bundan darhol xabardor bo‘lmagan, xabar topishi bilanoq tezda videomurojaat bilan chiqib “Majburiy mehnatni to‘xtating!” demoqda.

Umid G‘afurov, shuningdek, xalqqa murojaat qilib ularni o‘z haq-huquqlarini bilishga, ulardan foydalanishga chaqirdi.

Videomurojaat e’lon qilingandan so‘ng ikki soat o‘tmasdan quyidagi xabarni telegram sahifasida qo‘ydi: “Hozir onamni hokimiyatga chaqirib, bu xabarlarga qarshi matnni imzolashni so‘rashibdi. Hamma ixtiyoriy kelgan ekan 7 ertalabdan ishga. O‘qituvchilar ham, shifokorlar ham. Qaysi aql bilan shunday deyapsizlar? Mard bo‘lib tan olmaysanmi aybingni?

Kamida OITS markazi, 23 Internat, Poliklinikalardan kelib ishlaganlarni bilaman.

Shu qabristonda kim majburiy ishlatilgan bo‘lsa, menga yozsin @gafurovumid. Hamma ixtiyoriy ishlagan deyishyapti. Sizning haqlaringizni talab qilishimda menga yordamlashing!”

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан