Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"Otamdan qolgan trollar" (Tog‘ay Muroddan boshqacha)
18.11.2020 21:08,  
938

Trollarning ko‘pi 25 yashar bo‘larkan.
Trollar o‘rtacha 30 yashar bo‘larkan. 
Trollarning kam sonlisi 35 yashar bo‘larkan.
Sababini aya Hachchadan so‘raganimda, "keyin ko‘zi ochilib, vijdoni qiynaladi", deyishdi. 

Qiynalgan trolni kuzatganman deyishdi. 
O‘ksinib-o‘ksinib yozadi. 
Xo‘rlanib-xo‘rlanib yozadi. 
Qo‘rqib-qo‘rqib yozadi. 
Afsuslanib-afsuslanib yozadi. 

Lekin yozadi. Trolligini qiladi. Umidi so‘nmagan bo‘ladi-da! Nedandir umidlanadi. 
Nedandir najotlanadi. 
Kimlargadir o‘zini ko‘rsatgisi keladi.
Sadoqatda hanuz tengsizligini bildirgisi keladi. 

Yoshi kattalari haqida so‘ragandim, ular kommunizmdan qolgan "chirigan, la’nati G‘arb" mafkurasidan chiqib ketisholmagan Qizillar sarqiti devorsa deng. 
Endi ularni Xudoning izmiga tashlab qo‘ygan ekanmizmish. 
Endi ularni Xudoning O‘zi jonini olarmish. 
Endi biz ularga chidashga majbur ekanmizmish. 
Otamdan qolgan trollar ekan ular.
Hozir turli profillardan kirishga usta ekan ular. 
Yangi trollardan ko‘ra xavfliroq ekan ular. 
Har zamonda tanqid qilib ham turisharkan ular. 
Har zamonda kontekstdan yulib olishni bilisharkan ular. 
Har zamonda populistik chiqishlar ham qilib turisharkan ular. 
Har zamonda mukofotlanib ham turisharkan ular. 

Otamdan qolgan trollar - enag‘arning trollari! 

@manewsagency

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан