Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tramp Kim Chen In haqidagi mish-mishlarga fikr bildirdi
22.04.2020 04:24,  
1987

AQSh prezidenti Donald Tramp KXDR rahbari Kim Chen Inning sog‘lig‘i borasida tarqalgan mish-mishlarga fikr bildirdi. Bu haqida Reuters nashri xabar bermoqda.

Oq uyda amalga oshirilgan matbuot anjumanida Tramp, "Uning (Kim Chen In - Sof.uz​ izohi) sog‘lig‘i yaxshi bo‘lishini istayman" deb aytgan va munosabatlari do‘stona ekanligini qo‘shimcha qilgan.

AQSh prezidenti mish-mishlar haqiqatga yaqin bo‘lsa juda ham jiddiy holat ekanligini bildirgan.

Avvalroq CNN nashrining janubiy koreyalik manbasi mamlakat hukumatining Kimning sog‘lig‘i haqidagi ma’lumotlardan xabardor ekanini, ammo Daily NK nashrida chop etilgan xabarni tekshirish imkoniyati yo‘qligini ta’kidlamoqda. Hukumat vakili Kimning ortiqcha vazn va kashandalik bilan bog‘liq muammosidan xabardor ekanini tan olgan, biroq, jarrohlik amaliyoti haqida qo‘shimcha ma’lumot kutayotganini aytgan. Janubiy Koreyaning Birlashish vazirligi va Mudofaa vazirligi bu xabarlarga izoh berishdan bosh tortgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан