Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tuman, shahar, viloyat vakillik va ijro hokimiyati tizimi qayta ko‘rib chiqiladi — Shavkat Mirziyoyev
9.09.2021 12:38,  
83

— Yangi O‘zbekiston – mustahkam qonunchilik, ijro va śud hokimiyati, fuqarolik jamiyati institutlari samarali faoliyat ko‘rsatadigan, “Davlat – xalq xizmatchisi” tamoyili amal qiladigan, demokratik davlatdir, — dedi Shavkat Mirziyoyev o‘z ma’ruzasida. — Shu munosabat bilan “Xalqchil davlat” milliy dasturi, Xalq qabulxonalariga konstitutsiyaviy maqom berish va ularning faoliyati to‘g‘risida alohida qonun ishlab chiqish vaqti keldi.

Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini rivojlantirish konsepsiyasi”ni tayyorlash ham davr taqozosidir.

Kelgusida, tuman va shahar kengashlarida kamida 2-3 nafar deputat doimiy asosda ishlaydigan tartib joriy etiladi. Ular muammolarni mahallabay o‘rganib, yechimini Kengash muhokamasiga kiritadi.

Tuman va shahar hokimi lavozimiga nomzod tuman kengashida eng ko‘p deputatlik o‘rnini egallagan partiya guruhi tomonidan ilgari suriladi.

Kelgusi yildan 28 ta tuman va shaharda eksperiment tariqasida, hududni rivojlantirish va muammolarni hal qilish bo‘yicha hokimliklarning vakolat va imkoniyatlari kengaytiriladi.

Endi, har bir hokimlik o‘zining va hududiy ijro idoralarining shtat birligi va tuzilmalarini kengash bilan bamaslahat mustaqil belgilaydi.

Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i to‘lig‘icha ushbu tuman va shaharlarda qoldiriladi.

Bundan tashqari, hududiy ijro idoralarining “vakolatlar reyestri” shakllantiriladi, takrorlanadigan 500dan ortiq funksiyalar maqbullashtiriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан