Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tunda sevgan qizining uyiga kelgan qashqadaryolik yigit ayanchli o‘lim topdi
3.02.2021 13:56,  
2423

Sovchilariga rad javobini bergan qizning uyiga gaplashib olish uchun mast holatda borgan yigit pichoqlandi. Qizning 20 yoshli ukasi tomonidan pichoqlangan oshiq kasalxonada vafot etdi.
Qashqadaryo viloyatida tunda sevgan qizining uyiga borgan yigit pichoqlandi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, 30 yanvar kuni soat 22:00 larda 22 yoshli J.Yu. mast holatda sevgan qizi bilan gaplashib olish maqsadida Koson tumani “Neko‘z” MFY Tayzan qishlog‘iga kelgan. Qizning uyiga devordan oshib kirgan vaqtda uning 20 yoshli ukasi B.S. hovlisida odam sharpasini sezib, oshxonadan ro‘zg‘or pichog‘ini olib hovliga chiqqan. Yigit bilan kelgan uning o‘rtog‘i A.A. qochib qolishga ulgurgan. J.Yu. esa hovli burchagida qolib ketgan va qizning ukasiga u bilan gaplashib olishini, sovchilariga nima sababdan rad javobini berganliklarini so‘rashini aytgan. Ular o‘zaro tortishib qolishgan va qizning ukasi yigitning qorniga pichoq tiqib olgan.

Yigitga qizning oila a’zolari birinchi tibbiy yordam ko‘rsatib, Qarshi shahridagi kasalxonaga olib borishgan. Biroq J.Yu. ko‘rsatilgan tibbiy yordamlarga qaramasdan olgan og‘ir tan jarohatlari oqibatida shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Koson tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi B.S.ga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “D” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish, jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Unga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан