Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Turin politexnika universiteti talabasi oliygoh darvozasi oldida urib o‘ldirildi
26.11.2021 22:25,  
798

Toshkent shahrida 25 noyabr kuni Turin politexnika universiteti darvozasi yonida 18 yoshli ikki yigit o‘rtasidagi janjal oqibatida bir talaba halok bo‘ldi. Bu haqda shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, soat 13:00 atrofida universitet darvozasi oldida bir nechta yosh yigitlar uchrashgan. Kelishmovchilik oqibatida 18 yoshli A.R. (talaba emas) 18 yoshli Sh.R.ning (shu universitet talabasi) yuziga musht tushirgan. Zarba tufayli u yerga yiqilgan va olgan shikastlari oqibatida halok bo‘lgan.

Qayd etilishicha, gumonlanuvchi qo‘lga olingan, tergov ishlari olib borilmoqda. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 3-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Mazkur modda bilan aybdor deb topilgan shaxs sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан