Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Turizm fidoyisi» ko‘krak nishonini berish tartibi tasdiqlandi
10.08.2020 16:54,  
78

Endilikda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirishga va ommalashtirishga munosib hissa qo‘shgan davlat organlari xodimlari, jamoat tashkilotlari, tadbirkorlik sub’yektlari, ijtimoiy soha va ommaviy axborot vositalari vakillari hamda chet eldagi vatandoshlar xizmatlari va faol targ‘ibot ishlari uchun ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining ma’lum qilishicha, ko‘krak nishoni bilan taqdirlash uchun hujjatlarni taqdim etish va ko‘rib chiqish tartibi quyidagicha belgilandi:

- mahalliy darajadagi davlat organlari, jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va tadbirkorlik sub’yektlari har yili 1 avgustga qadar o‘z xodimlarini ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha takliflarni tegishlicha Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining hududiy bo‘linmalariga taqdim etadi;

- Respublika darajasidagi davlat organlari, xorijdagi diplomatik vakolatxonalar, jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va tashkilotlar har yili 1 avgustga qadar o‘z xodimlarini ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha takliflarni Qo‘mitaga taqdim etadi.

Bunda nomzod bo‘yicha taqdim etilgan takliflarga ilova sifatida nomzodning ob’yektivka-ma’lumotnomasi hamda so‘nggi uch yil davomida u tomonidan turizm sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar taqdim etiladi. Qo‘mita raisi tomonidan ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni ko‘rib chiqish bo‘yicha Komissiya tashkil etiladi. Komissiya yig‘ilishida nomzodlarga oid hujjatlar o‘rganilib, har yilning 15 sentyabriga qadar eng munosib nomzodlar bo‘yicha yakuniy xulosa chiqariladi.

Komissiya xulosasi asosida Qo‘mita raisining ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risidagi buyrug‘i har yili 20 sentyabrga qadar taqdim etiladi. Ko‘krak nishoni «Butunjahon turizm kuni» – 27 sentyabrda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi yoki uning nomidan va uning topshirig‘iga ko‘ra boshqa mas’ul shaxslar tomonidan tantanali ravishda topshiriladi.

«Turizm fidoyisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlar ro‘yxati Qo‘mitaning rasmiy va sohaviy veb-saytlarida hamda boshqa ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.

Ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida biryo‘la to‘lanadigan pul mukofoti oladi. Bir shaxs ko‘krak nishoni bilan bir marta taqdirlanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан