Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Turizm qo‘mitasi 2 milliondan ortiq yosh sayyohlarni jalb qilmoqchi
21.01.2020 16:39,  
98

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchisi Abdulaziz Aqqulov 18 yanvar kuni Toshkent shahridagi Wyndham mehmonxonasida yoshlar bilan uchrashdi. Shuningdek, tadbirda qo‘mita boshqarma boshlig‘i O‘tkir Saidov, Toshkent shahar Turizmni rivojlantirish departamenti direktori Sanjar Tojiyev hamda Yoshlar Ittifoqi raisi o‘rinbosari Farruh Omonovlar ishtirok etishdi.

Foto: uzbektourism.uz

Uchrashuvda Qo‘mita raisi yoshlarga turizm sohasi yangi ish o‘rinlari, valyuta oqimi, bilim va ko‘nikmalar hamda aholi daromadini oshirish, shuningdek dunyoqarashni kengaytirishning eng samarali vositalaridan biri ekanini ta’kidladi.

Qayd etilishicha, 2019 yil mobaynida xorijdagi 4000 dan ortiq yoshlar targ‘ibotga jalb etilgan. Ular bilan hamkorlikda 100 dan ortiq tadbir o‘tkazilib, 60 000 dan ortiq targ‘ibot materiallari tarqatilgan.

2020 yilning fevral oyida “Navro‘z” madaniyat va istirohat bog‘ida “Turizm laboratoriyasi” faoliyati yo‘lga qo‘yilishi ma’lum qilindi.

“Turizm laboratoriyasida zamonaviy kutubxona, kovorking markazi, bepul Wi-Fi, xorijiy ekspertlar tomonidan yoshlar uchun vebinarlar, turli treninglar o‘tkazish hamda talabalar uchun turizm sohasidagi kitoblar, jurnallarga bepul obuna va onlayn kutubxonalardan foydalanish kabi imkoniyatlar yaratiladi. Laboratoriyada yoshlar tomonidan zamonaviy targ‘ibot materiallari, kreativ suvenir hamda hunarmandchilik mahsulotlarining yangi namunalari ishlab chiqiladi”, — dedi Qo‘mita raisi o‘z nutqida.

Foto: uzbektourism.uz

Tadbir doirasida O‘tkir Saidov yig‘ilganlarning e’tiborini Yoshlar turizmini rivojlantirish konsepsiyasiga qaratdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2020-2025 yillarda mamlakatda yoshlar turizmini rivojlantirishga oid maqsadli ko‘rsatkichlar belgilab olingan. Jumladan,

  • xorijiy yosh sayyohlar sonini 1,3 milliondan 2020 yilda 2,2 millionga, 2023 yilga 3,3 millionga,
  • ichki turizm bo‘yicha yosh sayyohlar tashrifi sonini 8,1 milliondan 2020 yilda 10 millionga, 2023 yilda esa 13,6 millionga yetkazish,
  • 2020 yilda — 20 ta, 2023 yilda 60 ta xalqaro darajadagi tadbir o‘tkazish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida Prezident Shavkat Mirziyoyev yangidan tasdiqlanadigan hukumat oldida turgan asosiy vazifalarga to‘xtalib o‘tdi.

Ulardan birda xorijiy turistlar sonini 12 million nafardan o‘tkazish uchun infratuzilmalarni yaxshilash, mehmonxonalarni ko‘paytirish, transport tarmoqlarini rivojlantirish va xizmatlar sifatini yuksaltirish zarurligi qayd etilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан