Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Turizm sohasida 200 mingdan ziyod aholini ish bilan ta’minlash mumkin — Prezident
16.06.2020 19:55,  
89

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘tkazgan yig‘ilishda ichki turizmni rivojlantirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, bu sohada 200 mingdan ziyod aholini ish bilan ta’minlash mumkin. Shuningdek, turizmga xizmat qiluvchi umumiy ovqatlanish, transport, chakana savdo kabi yo‘ldosh tarmoqlarda yana ko‘plab ish joylari tashkil etiladi.

Buning uchun har bir hududda imkoniyat ham, sayohatchilar diqqatiga sazovor joylar ham yetarli ekani qayd etildi. Misol uchun, Yangiqo‘rg‘on tumanida 16 ta dam olish maskanini tiklash hisobiga 1 ming 500 nafar aholini, Bo‘stonliqda 10 ming o‘ringa mo‘ljallangan ko‘chma dam olish maskanlari tashkil etish orqali 8 mingga yaqin kishini ish bilan ta’minlash mumkin.

Qolaversa, O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridagi sayyohlik imkoniyatlaridan ham to‘la foydalanilmayapti. Xalq orasida ularni bilmaydiganlar, ko‘rmaganlar hali ko‘p.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga vazirlik, idoralar va hokimliklar bilan birga yangi ichki turizm marshrutlari ochish, ko‘chma dam olish maskanlarini ko‘paytirish, tibbiyot va sog‘lomlashtirish turizmini taraqqiy ettirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Hokimlar va sektor rahbarlariga sayyohlar boradigan barcha ob’yektlar, mehmonxona va ovqatlanish shoxobchalarida karantin qoidalariga qat’iy amal qilinishini ta’minlash yuklatildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан