Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Turk lirasi dollarga nisbatan tarixiy minimum darajaga tushdi
7.10.2020 22:48,  
503

O‘sib borayotgan geosiyosiy xatarlar tufayli turk lirasi va AQSh dollar juftligi (2005 yildagi denominatsiyadan keyin) tarixiy eng past darajaga tushdi. Toshkent vaqti bilan soat 17:25 dan boshlab bir dollarga 7,8837 liraga tenglashdi. Soat 18:00 gacha kurs biroz tekislanib, 7,86 ga yetdi.

Chorshanba kuni turk lirasi dollarga nisbatan 1 foizdan ko‘proq tushdi, bu yil boshidan buyon uning dollar ekvivalentida deyarli chorak qismga (24%) qadrsizlanganini anglatadi. Lira qadrsizlanishi rivojlanayotgan bozor valyutalari orasida Braziliya realidan keyingi ikkinchi eng katta pasaygan pulga aylandi.

Bloomberg agentligining yozishicha, qulashning asosiy omili geosiyosiy: mamlakat yana Kipr masalasida Yevropa Ittifoqi bilan janjallashdi va Tog‘li Qorabog‘ masalasida o‘zini agressiv tutmoqda. Aksariyat mamlakatlar mintaqadagi harbiy harakatlarning to‘xtashini talab qilar ekan, Anqara Ozarbayjonning Qorabog‘ni qaytarish yo‘nalishini qat’iy qo‘llab-quvvatlashini e’lon qiladi.

Rabobank tahlilchisi Petr Matisning ta’kidlashicha, Anqara tomonidan Rossiyadan sotib olingan S-400 havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlarining sinovlari haqidagi yangiliklar fonida, G‘arbning Turkiyaga qarshi sanktsiyalarini kiritish xavfi ortib bormoqda. "S-400'ni AQShning hal qiluvchi prezidentlik saylovlari oldidan sinovdan o‘tkazish, Prezident Erdo‘g‘anga yaqin bo‘lgan Prezident Trampning qayta saylanishiga ishonchsizlik bilan birga shusiz ham allaqachon asabiylashayotgan investorlarni tashvishga soladigan asosiy masalaga aylandi", - dedi Matis.

2010 yilda ikki liraga bir dollar berardi, hatto 2016 yilgi davlat to‘ntarishi davrida ham dollar kursi uch liradan oshmagandi.

"Menga nima"

Turk lirasining qadri pasayishi o‘zbek so‘miga ham bevosita ta’sir qiladi. Turkiya beshinchi raqamli asosiy tashqi savdo hamkorimiz. 2020 yilning yanvar-avgust oylarida mamlakatimiz tashqi savdosining 5% i Turkiya hissiga to‘g‘ri kelgan. Iqtisodchi Otabek Bakirov lira qadrining pasayishi "2-3 oylik farq bilan post-sovet hududiga ta’sir qilishi" haqida yozgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан