Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Turk shirkati Toshkentda gaz elektr stansiyasi qurmoqda
3.06.2020 18:10,  
130

Turkiyaning Aksa Energy kompaniyasi O‘zbekistonda quvvati 240 MVt bo‘lgan yangi gaz elektr stansiyasini qurish bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirmoqda. Loyiha kompaniya tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi bilan imzolangan shartnoma asosida amalga oshiriladi, deb xabar beradi Dunyo axborot agentligi.

Loyiha “davlat-xususiy sheriklik” zamonaviy investitsiya modeli asosida amalga oshiriladi. Aksa Energy 25 yil davomida elektr stansiyasini quradi va ishlatadi, O‘zbekiston tomoni stansiyani tabiiy gaz bilan ta’minlash va u ishlab chiqaradigan elektr energiyasini sotib olish kafolatini o‘z zimmasiga oldi.

Ushbu kompaniya elektr stansiyalari ishlab chiqarish bozorida dunyodagi etakchilardan biri bo‘lib, o‘z mahsulotini 165 mamlakatga eksport qiladi. Istambul (Turkiya) va Changjou (Xitoy) da joylashgan o‘z zavodlarida generator to‘plamlarini ishlab chiqaradi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан