Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Turk va rus harbiylari Suriya chegarasida qanday qo‘riqchilik qiladi?
24.10.2019 11:45,  
394

22 oktyabr kuni Sochida erishilgan Rossiya-Turkiya kelishuviga ko‘ra Rossiya o‘z harbiy politsiyasining bir qismini Suriya-Turkiya chegarasiga ko‘chirdi. Bu yerga Suriya chegarachilari ham yo‘naltirilgan. Suriyaning Manbij va Kobani shaharlariga Rossiya harbiy politsiyasi kuchlari kirib kelgan.

Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra Suriya chegarasidan ichkariga qarab 10 kilometrgacha bo‘lgan hududni turk-rus harbiylari birgalikda qo‘riqlaydi. Suriya chegarachilari esa Turkiya bilan chegarada 15 ta post o‘rnatib, bu nuqtalarda Rossiya harbiylari bilan birgalikda qo‘riqchilik qiladi.

Shartnoma ko‘ra kurd mudofaa bo‘linmalari 150 soat ichida chegaradan 30 kilometr janubga chiqib ketadi. Shu tarzda Rossiya harbiylari Suriya harbiylari bilan ham, turklar bilan ham birgalikda harakat qiladi.

Hozircha bu hududga kiritiladigan harbiylarning aniq soni haqida ma’lumot yo‘q. Ammo rossiyalik harbiy mutaxassis Viktor Muraxovskiyga ko‘ra Turkiya-Suriya chegarasida qo‘riqchilik qilish uchun kamida 3 bo‘linma askar kerak bo‘ladi. Bu taxminan 1 500 kishi bo‘lishi mumkin.

Tomonlarning nazorat doirasi

Ammo bu yerda ziddiyatli holatlar ham bor. Yaqin Sharq bo‘yicha mutaxassis Mixail Magidga ko‘ra, “Bir tomondan Turkiya, boshqa tomondan eronliklar, Asad va Rossiyaning manfaatlari o‘zaro qarama-qarshi. Turkiya mintaqada o‘z ta’sir doirasini mustahkamlash va Suriyadagi ittifoqchilarini qo‘llab-quvvatlashni istaydi. Asad, Eron va Rossiya esa aynan shu isyonchi kuchlarga qarshi kurashadi”.

“Umid qilamanki, Rossiya, Eron va Turkiya nimagadir kelishib oladi. Chunki bu taraflarning har birida o‘z ta’sir doirasi va manfatlar kesishuvi nuqtasi bor. O‘zaro kelishuvgina 2015 yilda bo‘lganidek ziddiyatni takrorlashga yo‘l qo‘ymaydi. O‘shanda Turkiya Rossiya harbiy samolyotini urib tushirgan va bu ikki davlat o‘rtasida urush chiqib ketishiga sal qolgan edi”, deydi u.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан