Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Turkiston» va «Yunusobod» metro bekatlari qurib bitkazildi (foto)
15.06.2020 22:51,  
337

Uzunligi 2,9 kilometr bo‘lgan «Turkiston» va «Yunusobod» metro bekatlarida qurilish-montaj va pardozlash ishlari nihoyasiga yetib, «Shahriston» bekatiga ulandi. Metro poyezdlarining sinov tariqasida harakatlanish ishlari amalga oshirildi.

Toshkent shahrida aholi uchun qulay sharoitlar yaratish, sifatli transport xizmatlari ko‘rsatish qamrovini oshirish hamda dunyoning rivojlangan davlatlaridan qolishmaydigan zamonaviy metropoliten tizimini rivojlantirish borasida keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. Ko‘chalardagi tirbandliklarning oldini olishda metro eng qulay transport vositasi hisoblanadi.  

Ma’lumki, Yunusobod tumani Toshkent shahri aholi joylashuvi bo‘yicha eng zich hududlaridan biri hisoblanadi. Shu bois ushbu tumanda 2001 yilning avgust oyida 7,6 kilometrlik 6 ta bekatdan iborat «Yunusobod» yer osti metro yo‘lining 1-bosqichi ishga tushirilgan edi.

2016 yilning dekabridan esa "O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati tomonidan «Yunusobod» liniyasining «Yunusobod» va «Turkiston» bekatlarigacha bo‘lgan uzunligi 2,9 kilometrdan iborat bitkazilmay qolgan hududida bunyodkorlik ishlari boshlab yuborilgan edi. 

Ushbu loyiha "O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyatining "Ko‘prikqurilish tresti" unitar korxonasi tizimidagi 67-Ko‘prikqurilish otryadi mutaxassislari tomonidan bajarildi. "Toshkent metro loyiha" mas’uliyati cheklangan jamiyati loyihalari asosida bunyodkorlik ishlari bajarilgan ob’yektning umumiy qiymati 103,8 million AQSh dollarini tashkil etadi.

Ta’kidlash lozimki, ushbu loyihani yer osti tunnel qismini burg‘ulash ishlari Markaziy Osiyoda ilk bor qo‘llanilgan Germaniya texnologiyasi asosida mexanizatsiyalashtirilgan kompleks yordamida qazilishi, hamda yuqori sifatli temir-beton tyubinglar o‘rnatilishi bilan ahamiyatlidir. Har bir bekat kompleks qurilishida monolit beton uslubi qo‘llanildi. 

Yunusobod liniyasi yangi bekatlar bilan hisoblaganda 8 ta bekatdan iborat. Ahmad Donish ko‘chasida qurilgan «Tukiston», «Yunusobod» hamda mavjud «Shahriston», «Bodomzor», Minor", "Abdulla Qodiriy", "Yunus Rajabiy" "Ming o‘rik" dan iborat. Ushbu yo‘nalish "Yunus Rajabiy" bekatidan Chilonzor yo‘lining "Amir Temur" hamda "Ming o‘rik" bekatidan esa O‘zbekiston yo‘lining «Oybek» bekatiga ulanadi. Ushbu liniyaning yangi bekatlari foydalanishga topshirilgach bir kunda «Yunusobod» bekatida qo‘shimcha 5 ming yo‘lovchiga, «Turkiston» bekatida esa 2 yarim ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан