Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Turkiya chegarasi ochilgach YeIga o‘n minglab suriyalik qochqinlar “oqib ketdi”
2.03.2020 16:17,  
441

Turkiya suriyalik qochqinlar uchun Yevropa Ittifoqi chegarasini ochib yuborgach, mamlakat chegarasini 76 ming suriyalik muhojir kesib o‘tdi. Bu haqda Turkiya IIV Sulaymon Soylu o‘z tvitterida ma’lum qildi.

Muhojirlar uchun turk chegaralari ochilishi haqida prezident Rajab Tayyib Erdo‘g‘an 29 fevralda aytib o‘tgan edi. O‘shanda uni 18 ming kishi kesib o‘tgan.

Suriyalik muhojirlar Yevropa tomon shoshilmoqda

Shu vaqtga qadar suriyalik muhojirlar Yevropa mamlakatlariga Turkiya chegarasi orqali o‘ta olmas edi. 2016 yilda Turkiya va YeI o‘rtasida imzolangan €6 mlrdlik shartnomaga muvofiq, Turkiya qochqinlarni o‘z chegaralarida saqlab turishi kerak edi. 29 fevralda turklar mamlakat shimoli-g‘arbidagi Edirne shahridagi Gretsiya bilan chegaralarni ochib yubordi. Shahardan 20 km uzoqlikda YeIning yana bir a’zosi Bolgariya sarhadlari boshlanadi.

Turkiyada jami 3,7 million suriyalik qochqinlar yashaydi. Erdo‘g‘onning ma’lum qilishicha, mamlakat buncha miqdordagi qochqinlar to‘lqiniga dosh berolmaydi.

Gretsiya Edirne bilan chegaradagi o‘tkazish punktida nazorat kuchaytirilganini ma’lum qildi.

Turkiya-Suriya mojarosi

Chegarani ochish to‘g‘risida qaror Turkiya va Suriya o‘rtasidagi avj olgan mojaro fonida qabul qilindi dedi Erdo‘g‘on Istanbulda deputatlar bilan uchrashuvda.

Fevral oyi oxirida Anqara Suriya armiyasining hujumi oqibatida 30 dan ortiq turk askarlari halok bo‘lganini ma’lum qildi va keyinroq javob hujumini boshladi.

Mojaroning kuchayishi davom etmoqda. Suriyaning SANA agentligi va Turkiyaning Anadolu agentligiga ko‘ra, bugun turk kuchlari Idlib osmonida Suriya qo‘shinlarining ikkita Su-24 samolyotini urib tushirdilar va hukumatning havo mudofaa tizimining uchta moslamasini yo‘q qildilar.

Turkiya Mudofaa vazirligi samolyotlar turk harbiylariga hujum qilmoqchi bo‘lganida urib tushirilganini ta’kidlamoqda. Samolyot uchuvchilari omon qolishgan.

Ilgari mintaqa bo‘ylab havo kengligi yopilgan edi. Suriya armiyasi "terrorchi guruhlarga tegishli" turk uchuvchisiz uchog‘ini urib yuborganini ma’lum qildi.

Rossiya va Yevropaning munosabati

Belgiya, Germaniya, Fransiya va Estoniyaning BMT Xavfsizlik Kengashidagi doimiy vakillari Idlibdagi turk harbiylariga qilingan hujumlarni qoraladi.

AQShning BMTdagi doimiy vakili Kelli Kraft Rossiyadan "zudlik bilan harbiy samolyotlarini qo‘ndirishni" talab qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh mojaroni hal qilishda "asosiy rol o‘ynashi" kerak.

Mavuzga doir: Erdog‘an Idlib masalasida milliy xavfsizlik yig‘ilishini o‘tkazdi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан