Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Turkiya COVID-19ga qarshi kurashish uchun O‘zbekistonga tibbiy yordam ko‘rsatdi
1.05.2020 00:51,  
181

Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) koronavirusning yangi turi COVID-19 pandemiyaga qarshi kurash doirasida O‘zbekiston tibbiyot xodimlariga tibbiy himoya anjomlarini taqdim etdi. 

Turkiya elchisi Mehmet Sureyya Er va TIKA Toshkent Dasturi koordinatori Jamalettin Tuney ishtirok etgan xayriya tadbirida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion sog‘liqni-saqlash milliy palatasiga, TIKA tomonidan yetkazib berilgan 5 mingta himoya kiyimlari, tibbiy niqoblar, yuz himoya vositalari, qo‘lqoplar va ko‘zoynaklardan iborat tibbiy anjomlar taqdim etildi.

Marosimda so‘zga chiqqan elchi Sureyya Er Turkiya dunyoning qariyb 60 davlatiga tibbiy yordam ko‘rsatganini ta’kidlab, Prezident Rajab Toyyib Erdog‘on o‘tgan hafta O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan telefon muloqotida O‘zbekistonga tibbiy yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirganini aytib o‘tdi. Shuningdek, TIKA orqali o‘zbek qardosh millatiga pandemiyaga qarshi kurashda o‘z hissalarini qo‘shmoqchi ekanliklarini bildirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion sog‘liqni-saqlash milliy palatasi raisi Ravshan Izamov O‘zbekistonga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam uchun minnatdorchilik bildirdi.

“Turkiyaning bu og‘ir kunlarda ko‘rsatyotgan yordami bu ikki davlat o‘rtasidagi qardoshlik munosabatlari eng yuqori darajada ekanidan dalolatdir”-dedi u.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан