Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Turkiya Gulenga aloqador 176 nafar askarni hibsga oldi
14.01.2020 18:31,  
419

Turkiya prokuraturasi mamlakat qurolli kuchlariga aloqador 176 nafar harbiyni hibsga olishga buyruq berdi — ular 2016 yilda Anqarada davlat to‘ntarishi o‘tkazishda ayblanayotgan guruhga a’zolikda gumon qilinmoqda.

Davlat OAVlari ma’lumotlariga ko‘ra, hibsga olinganlardan 143 nafari leytenant unvonida (ulardan 97 tasi hozir ham xizmatda), 33 nafari kichik leytenant (ulardan 11 tasi hozir ham xizmat qilmoqda) unvonida edi. Shuningdek, F-16 harbiy qiruvchisining oltita uchuvchisi ham bo‘lgan.

1999 yildan beri AQShning Pensilvaniya shtatida quvg‘inda yashayotgan Fathulloh Gulen 2016 yildagi davlat to‘ntarishlariga aloqadorligini rad etib keladi.

To‘ntarishdan beri unga aloqadorlikda gumon qilingan o‘n minglab odamlar hibsga olingan. 150 mingga yaqin davlat xizmatchilari, harbiy xizmatchilar ishdan bo‘shatilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан