Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Turkiya orqali yuk tashish uchun ayrim cheklovlar qo‘yildi
29.04.2020 12:32,  
440

O‘zbekistonning Anqara shahridagi Elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, koronavirus tarqalishiga qarshi kurash doirasida Turkiya Ichki ishlar vazirligi mamlakat bo‘ylab xalqaro yuk tashishga qo‘shimcha talablar qo‘ydi.

Agar haydovchining sog‘lig‘ini tekshirish paytida kasallik belgilari aniqlansa, xorijiy haydovchilarning Turkiyaga kirishiga ruxsat berilmaydi, Turkiya fuqarolari esa karantinga olinadi.

Kasallik belgilari bo‘lmasa:

- Turkiya hududi orqali tranzit tashishda transport vositalari kuzatish tizimi (GPS) bilan jihozlanadi, chegara darvozasigacha bo‘lgan masofaga qarab 24 soatdan 36 soatgacha Turkiyada bo‘lishiga ruxsat beriladi. Bu muddat yo‘llarning holati va ob-havo sharoitlarini hisobga olgan holda 48 soatgacha uzaytirilishi mumkin. Avtotransport vositalari oldindan belgilangan marshrutga, stansiyalarga / to‘xtash joylariga rioya qilishlari kerak;

- Turkiyaga / Turkiyadan yuklarni tashishda xorijiy haydovchilar 14 kunlik karantin muddati tugamasdan mamlakat hududiga kirishlari uchun ular 72 soat ichida Turkiyadan chiqib ketishlari talab etiladi (yo‘llar, ob-havo sharoiti, bojxona tartiblari hisobga olingan holda uzaytirilishi mumkin);

- Turkiya haydovchilari 14 kunlik muddat tugamasdan mamlakatdan chiqib ketishlari mumkin;

- Dori vositalari, tibbiy buyumlar va zarur oziq-ovqat mahsulotlari tashishga ustuvor e’tibor beriladi.

Kemada yuk tashish (Ro-Ro Travels) haydovchilar ishtirokisiz amalga oshiriladi (faqat yarim tirkamalar / tirkamalar qabul qilinadi).

Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Turkiya hududi orqali xalqaro yuk tashishni amalga oshirishni rejalashtirgan jismoniy va yuridik shaxslarga Turkiya tomonining ushbu qarorini inobatga olishni tavsiya qiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан